Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 9-oktabr
Ustame'dan foydalanish orqali siz quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz. Iltimos, diqqat bilan o'qing.
1. Xizmat
Ustame mijozlar (e'lon beruvchilar) va ustalar (xizmat ko'rsatuvchilar) uchrashadigan platforma. Ish bo'yicha kelishuv mijoz va usta o'rtasida tuziladi; Ustame bu kelishuvning tarafi emas, lekin muloqot, shartnoma, baholash va nizolarni hal qilish vositalarini taqdim etadi.
2. Hisob
Foydalanuvchi 18 yoshdan katta bo'lishi va o'z telefon raqamidan foydalanishi kerak. Hisobingiz orqali qilingan harakatlar uchun o'zingiz javobgarsiz.
Usta profili administrator tekshiruvidan keyin faollashadi.
3. Taqiqlanadi
Yolg'on ma'lumot, firibgarlik, oldindan pul undirish maqsadidagi aldov, spam va reklama e'lonlari.
Haqoratli, kamsituvchi yoki qonunga zid kontent; boshqa foydalanuvchilarni ta'qib qilish.
Baho va sharhlarni soxtalashtirish, platformani chetlab o'tib firibgarlik qilish.
Qoidabuzarlikda administrator e'lonni olib tashlashi yoki hisobni bloklashi mumkin.
Har qanday e'lon, foydalanuvchi yoki chat xabari ustidan ilovada "Shikoyat qilish" tugmasi orqali shikoyat qilish mumkin — moderator 24 soat ichida ko'rib chiqadi. Istalgan foydalanuvchini bloklashingiz mumkin: u sizning e'lon va profilingizni ko'rmaydi va sizga yoza olmaydi.
4. Shartnoma, ishni qabul qilish va baholash
Mijoz taklifni qabul qilganda shartnoma tuziladi. Usta ishni topshiradi, mijoz qabul qiladi yoki nizo ochadi. Mijoz 48 soat ichida javob bermasa, ish avtomatik qabul qilingan hisoblanadi.
Shartnoma yakunlangach ikkala tomon bir-birini baholaydi.
5. Kafolatlangan to'lov
Kafolatlangan to'lov ishlatilganda mijoz puli Ustame'da ushlab turiladi va faqat ish qabul qilingandan keyin ustaga o'tkaziladi. Shartnoma bekor qilinsa yoki nizo mijoz foydasiga hal qilinsa, pul mijozga qaytariladi.
Nizoda administrator ikkala tomon ma'lumotlarini ko'rib chiqib qaror qabul qiladi.
6. Javobgarlik
Ish sifati va xavfsizligi uchun usta, ma'lumotlarning to'g'riligi uchun e'lon beruvchi javobgar. Ustame qonun yo'l qo'ygan doirada bilvosita zararlar uchun javobgar emas.
7. O'zgarishlar va qonun
Shartlar o'zgarsa, yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi. Munosabatlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.
Savollar va so'rovlar uchun: jahongi75@gmail.com